Jahongir Mamatov:Bu o’ta jiddiy holatni ko’ra olmayotganlar kelajakni qanday ko’radilar?!
DO’K a’zolari Akram Mahmedov va Ne’matilla Nazaraliev andijonlik qochqinlarning O’zbekistonga qaytishiga demokratik jamoatchilik jiddiy e’tibor qilmayotganidan norozi. Darhaqiqat, hatto AQSHning o’zbek tilidagi radiolari- “Amerika ovozi” va “Ozodlik” ham bu masalani kampaniya tarzida yoritib qo’yish bilan cheklanmoqdalar va masalaning o’ta muhim jihatlarini chetlab o’tmoqdalar.
SAVOL: AQShning Idaho shtatida olamdan o’tgan Olimjon Sobirov nimadan o’lgani aniqlandimi? (Murod).
Bu savolga Demokratik O’zbekiston Kongressining raisi Jahongir Mamatov javob beradi: Hali o’n gulidan bir guli ochilmagan Olimjonning jasadi solingan tobut kecha 15 avgust kuni Andijonga yetib borgan va bugun dafn etilgan.Voqea jarayonlarini kuzatar ekanman:
-Uning akalari va oilasining talabiga binoan AQShda yashayotgan do’stlari, Olimjon ishlagan idora va demokratik muxolifat mansublari 6 ming dollar pul to’plab, tobutni Andijonga jo’natdik,-dedi Demokratik O’zbekiston kongressining Idaho shtatidagi vakili Akram Mahmedov.
Akram Mahmedovning ta’kidlashicha, doktorlar har tomonlama tekshirib ko’rishgan, ammo o’lim sababini aniqlay olishmagan. Marhum o’limidan oldin ko’lga cho’milishga borgan va uyiga kechroq qaytib uxlagan. U doim tongda o’zi bilan birga yashayotgan yigitlarni namozga uyg’otar ekan. Bu safar uyg’otmaganidan shubhalanib xonasiga kirgan yigitlar uni joni uzilgan bir holatda topishgan. Tangrining rahmatiga qovushgan bo’lsin.
Idaho shtatida 60 dan ziyod andijonliklar bor. Lekin ularning k’opchiligi orqaga qaytmoqchi.
-Ularning orasida haqiqatdan ham qandaydir bir diniy guruhga bog’lanib qolganlari bor,-deydi Akram Mahmedov.-Lekin ular bilan hatto gaplashib bo’lmaydi. Siyosiy mavzuda miq etishmaydi. Oralarida kattalari bo’lib, hammasini o’sha boshqaradi. Unga quloq soladilar va u nima desa, amri vojib. Murshid va muridlar kabi bir vaziyat.Ularga qayerlardandir, qandaydir xatlar kelmoqda. Eng tahlikalisi ular yaqindan boshlab, “Qaytib boramiz va vatanda shahid bolamiz”, deb ochiq gapira boshladilar. Ba’zilari esa, qaytib borganlarga bizneslarini tiklab berishibdi, deb targ’ibot yuritishmoqda.
DO’K a’zolari Akram Mahmedov va Ne’matilla Nazaraliev andijonlik qochqinlarning O’zbekistonga qaytishiga demokratik jamoatchilik jiddiy e’tibor qilmayotganidan norozi. Darhaqiqat, hatto AQSHning o’zbek tilidagi radiolari- “Amerika ovozi” va “Ozodlik” ham bu masalani kampaniya tarzida yoritib qo’yish bilan cheklanmoqdalar va masalaning o’ta muhim jihatlarini chetlab o’tmoqdalar.
Umuman, demokratik muxolifat bu borada o’z fikrini ochiq aytishi kerak. Axir Andijonda juda ko’p begunoh odamlar o’ldirildi va qiynoqlarga ma’ruz tutildi. Endi bitta qandaydir diniy guruhning hukumatga o’ynab berishi yoki uning tuzog’iga ilinishi bilan hamma narsaning teskarisi bo’ladimi? Balki ayni shu guruh Andijon fojeasida ham hukumatga o’ynab bergan bo’lmasin?
Akram Yo’ldoshev u paytda qamoqdan turib voqealarni boshqargani aytilgandi. Endi esa, qamoqdan turib “Qaytinglar”, deb buyruq berayotgan emish. Bu o’ta jiddiy holatni ko’ra olmayotganlar kelajakni qanday ko’radilar?!
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 