G’urbat suhbatlari
Понедельник, Август 21, 2006O’TIRISH KERAK!
-O’zbekistonda yaxshi edi,-dedi chet elga kelgan bir muxolifatchi ikkinchisiga.-Xorijdan jaraq-jaraq pul olardik, soliq ham to’lamasdik.
-Bu yerda ham tekin yeb, tekin yotibsan-ku!-dedi oshnasi.
-Lekin it yotish, mirza turish-da! O’zbekistonda dang’illama uy-joylarim qolib ketdi, qaytsammikan?
-Qayt, qaytaver, faqat unutma, u yerda yotish ham, turish ham bo’lmaydi, o’tirish kerak!
SIYOSIY LATIFA
Понедельник, Август 21, 2006ASHADDIY DUSHMAN
-Kim men aytgan ishni uddalay olmasa arizasini yozib, ko’zimdan yo’qolsin,-dedi Aldarko’sa va maslahatchilaridan so’radi:-Qani, kim muxolifatni parchalab tashlaydi?
Hamma “Men” deya o’rnidan turdi.
Aldarko’sa jilmaydi va:
-Bu juda ham oson ish ekanligini bilaman. Buni o’zim ham uddalay olaman. Qani kim muxolifatni birlashtira oladi?-dedi.
Hamma maslahatchilar qog’oz olib ariza yoza boshladilar.
-Nima, shu qadar og’ir ishmi, bu? Oldilariga chiqib, “Men senlarning ashaddiy dushmaning bo’laman” desang, bas, hammasi senga qarshi birlashadi.
Bosh maslahatchi arizasini Aldarko’saning stoliga qo’ydi-da:
-Taqsir, agar shunday bo’lsa, ular allaqachon sizga qarshi birlashardilar-da,-dedi.
Мустакиллик нима берди? (Суровнома)
Понедельник, Август 21, 2006УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МУСТАКИЛЛИГИНИНГ 15 ЙИЛЛИГИГА БАГИШЛАНАДИ
Жалолиддин, «Туронзамин» учун махсус, Тошкент-Жиззах
Мустакиллик бизга туртта нарса берди. Биринчиси, баклашка, илгари бунака кулай идиш булмаган, иккинчиси, хозир хаммаа биноларни ураб чикишаётган кора ва кук ойналар, Учинчиси кока-кола, авваллари факат киноларда курардик, бизлар лимонад ичиб катта булганмиз, туртинчиси эса, икки палатали парламент. Менимча, депутатларимиз орасида касаллик купайгани учун палата хам купайди. Бошка нарсани курганим хам сезганим хам йук.
Опубликовал TURONZAMIN
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 