Четверг, Август 31, 2006
ЖАҲОНГИР МУҲАММАД,
Собиқ Ўзбекистон Халқ депутати
1991 йилнинг Август ойига келиб, Каримов ва СССР президенти Михаил Горбачевнинг ораси бузилиб қолганди. Горбачев анча эркин фикрлайдиган одам бўлгани учун Каримовнинг қайта қуриш ва ошкоралик йўлига тўсиқ бўлишидан хафа эди.
Прочтите эту запись до конца »
Нет комментариев » |
1.Bosh sahifa, Muxolifat, Uzbek |
Постоянный адрес
Опубликовал TURONZAMIN
Четверг, Август 31, 2006
Tag’in latif mamlakat deya yanglish o’qimang. Gap latifaga aylantirilgan mamlakat haqida.
O’zbekistonda hamma narsa latifa desangiz ba’zilar ishonishmaydi. Qarang, Karimov bugun 31-Avgustni Qatag’on qurbonlari kuni deb e’lon qilgan. Bunday kunda marhumlar eslanadi, qurbonlar yodga olinadi.
Shu daqiqalarda esa, Karimov Mustaqillikning 15 yilligiga bag’ishlangan gala konsertni o’tkazmoqda. Bu uning qurbonlar ustidan kulishimi? Yoki o’zining zulmidan qatag’onga uchraganlarni eslab rohatlanishimi?
Yoki qurbonlarni xotirlash uchun yilning boshqa kuni qurib bitganmi?! Bunday hol dunyoning faqat bitta mamlakatida - O’zbekistonda yuz berishi mumkin. Chunki bu mamlakatda hamma narsa-latifa. O’ziga mos va o’ziga xos. Ishonmasangiz Prezident Devonining vebsaytidan olingan suratiga qarang. Bu ham latifa.
Нет комментариев » |
1.Bosh sahifa, Uzbek |
Постоянный адрес
Опубликовал TURONZAMIN
Четверг, Август 31, 2006

Мустақиллик бир дарахт бўлса, унинг ҳосилини фақат бир киши термоқда. Бу дарахтнинг ҳамма мевасини у ўзи, фақат ўзи териб олади. Халққа эса халқнинг ўзидан пул териб, Мустақиллик байрами- худойи қилиб беради. Шоир Юсуф ЖУМА айтмоқчи халқ -худойида!
Бу халкни курай десанг худойида кўрасан.
Худо деб улуғлайди шоҳ пойида кўрасан.
Аталадан туйгазсанг ушалади армони
Магар суяк ташласанг сак жойида кўрасан.
Янток берганга туя, похол берганга хардир.
Чиқит берган товуқ, нафс ройида кўрасан.
Майдонларда кўрмайсан, исёнларда кўрмайсан
Юсуф, халқингни сўнгги йўл лойида кўрасан.
Юсуф ЖУМА
Нет комментариев » |
1.Bosh sahifa, She'riyat, Uzbek |
Постоянный адрес
Опубликовал TURONZAMIN
Четверг, Август 31, 2006
ISMAT HUSHEVNI TABRIKLAYMAN!
Demokratik O’zbekiston Kongressi va uning rahbari Jahongir Mamatov va uning faollarining asl maqsadlari, sayi-harakatlarini tushunib etib, DO’K safiga qo’shilganidan ijodkor Ismat Hushevni samimiy tabriklayman.
DO’Kning kelgusi faoliyati davomida Ismat Hushevday tajribali ijodkorning ulushi katta bo’lishiga ishonaman.
Hurmat va ehtirom bilan Rizo OBID.
Нет комментариев » |
1.Bosh sahifa, Uzbek |
Постоянный адрес
Опубликовал TURONZAMIN
Четверг, Август 31, 2006
Islom Karimov bu yilgi bayramni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan poytaxtdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida o‘tgan marosimda ishtirok etish bilan boshaldi.
Shu joyda uning xayolidan Shovruq Ro’zimurodov, Toyiba To’laganova, Emin Usmon kabi minglab qatag’on qurbonlari bilan bir qatorda zindonband etilgan kurashchilar Mamadali Mahmudov, Murod Jo’rayev, Samandar Qo’qonov kabi minglab qahramonlar ham o’tgan bo’lsa ne ajab?! Ammo uning yuzidagi soxta tabassum xayolidagi bu manzarani- o’z gunohlarini bekitgani turgan gap.
Shu bois u bayramni jurnalistlar bilan suhbatlashish, konsertlar tomosha qilish bilan o’tkazmoqda. Orada yana yakka qolmasliki va xayolidagi dalillarga tutqun bo’lmaslik uchun Ostonaga-maishatga boradi.
Zolimning yana bir bayrami o’tmoqda. Ammo u bu bayramlarni tarixning kelayotgan kunlari tomon emas, balki o’tmishning zulmat maydoniga qarab to’pday tepib yubormoqda.
Нет комментариев » |
1.Bosh sahifa, Uzbek |
Постоянный адрес
Опубликовал TURONZAMIN