O’ZBEKISTON FUTBOLI: INQIROZ VA ISTIQBOL (turkum)

shuhrat_ahmadjonov1.jpgShuhrat  AHMADJONOV,   DO’Kning Toshkent bo’limi rahbari, inson huquqlari va tabiat himoyachisi

12. O’ZBEKISTON  OLIY  LIGA  FUTBOL  KLUBLARIDAGI VAZIYAT

   Futbol klublarimizdagi vaziyatni baholash uchun avval vatanimiz oliy ligasida 2006 yilgi chempionat yakunlarini keltirib o’tsak [84].

    Jamoa nomi

  O’

 Yu

 D

 M

  T-N

  O

 1. “Paxtakor”

 30

 25

 2

   3

 84 – 12

 77

 2. “Neftchi”

 30

 23

 2

   5

 60 – 23

 71

 3. “Nasaf”

 30

 22

 4

   4

 63 – 33

 70

 4. “Mash’al”

 30

 18

 6

   6

 50 – 28

 60

 5. “Traktor”

 30

 15

 4

 11

 51 – 46

 49

 6. “Qizilqum”

 30

 14

 6

 10

 51 – 37

 48

 7. “Navbahor-N”

 30

 13

 5

 12

 46 – 35

 44

 8. “Samarqand-D”

 30

 12

 4

 14

 39 – 39

 40

 9. “Lokomotiv”

 30

 10

 8

 12

 39 – 55

 38

 10. “Andijon”

 30

 10

 5

 15

 46 – 52

 35

 11. “Buxoro”

 30

   9

 7

 14

 35 – 34

 34

 12. “Sho’rtan”

 30

 10

 2

 18

 43 – 55

 32

 13. “To’palang”

 30

   9

 4

 17

 40 – 58

 31

 14. “Metallurg”

 30

  7

 7

 16

 36 – 45

 28

 15. “So’g’diyona”

 30

  7

 3

 20

 23 – 48

 24

 16. “Xorazm”

 30

  0

 3

 27

21 - 127

   3

    O’zbekiston Futbol Federatsiyasining 1995-2005 yillardagi raisi, militsiya general-polkovnigi Zokirjon Almatov va futbol diletanti Alisher Nikimbayev (9-bandga qarang) oliy va 1-liga futbol klublarini iqtisodiy bo’g’ish siyosatini olib bordilar. Bu qanday amalga oshirilganligiga bitta misol keltirib o’taylik.

   “O’zbekiston Futbol Federatsiyasi jamoalar o’tkazgan a’zolik badallari hisobiga faoliyat ko’rsatishi kerak. 2002 yilda klublar 11-chempionatda ishtirok etishlari uchun jami bo’lib, 240 million so’m pul to’plashgandi. Jami 490 million so’m o’tgan yil [2002 yil, A.Sh.] uchun sarflandi (240 million badal + 250 million homiylar – muallif). O’FF bu pullarni o’z xodimlariga oylik maosh sifatida yoki bo’lmasa binoni ta’mirlash uchun emas, balki terma jamoalarimizning xorijiy turnirlarda qatnashishlariga sarf qildi. Ayrimlar O’FFni homiylar bilan ishlamaydi, deb ta’kidlashadi. O’z o’rnida harajat qilingan salkam 250 million so’m mablag’ homiylardan tushganligini qayd etmoqchiman.” [85]

   Eslatib o’tamiz, “Do’stlik” futbol jamoasi – bu 40 yil ilgari tuzilgan “Politotdel” jamoasidir. U yaqinda o’zining 40 yillik to’yini nishonladi.

   “Mamlakatimizning mashhur jamoalaridan biri sanalgan “Politotdel” (“Do’stlik”) jamoasi 2006 yil 17 noyabr kuni o’zining qirq yillik to’yini tantana qildi. Ushbu jamoaga mehnat qahramoni Timofey Xvan asos solgan. 1966 yili bu qishloq jamoasi sobiq Ittifoq oliy ligasiga chiqish uchun o’tish turnirida ishtirok etgandi. Tadbir qatnashchilari Timofey Xvan qabrini ziyorat qilishdi. Tadbirga H.Jalolov, Ye.Kazakov, V.Shtern, R Mo’minov, V.Kapuctyanskiy, R.Mo’minov, V.Lyubushin, Ya.Kaprov, Ye.Valitskiy, R.Mirsodiqov, T.Shoymardonov singari futbolimiz faxriylari tashrif buyurishdi. Tadbir vaqtida “Do’stlik” hamda “Aytbek” (Jambul) faxriylari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda mezbonlar 4:2 hisobida g’alaba qozonishdi. “Do’stlik” quyidagi tarkibda o’ynadi: Iluridze, Kaygorodov, Imamov, Soloxo, Noskov, Gambarov, A.Bozorov, R.Bozorov, O.Usmonxo’jayev, Ma’rufaliyev, Gambarov.

   Mezbonlar safida Usmonxo’jayev va Noskov dublga erishdilar.

   Eslarib o’tamiz, ushbu tadbir tashabbuskori Toshkent viloyati futbol federatsiyasi kotibi Shamil Yafarov bo’ldi. Uning taklifini esa marhum Timofey Xvanning o’g’illari Stanislav va Yevgeniy qo’llab-quvvatlashdi. Yakunda Stanislav va Yevgeniy Xvanlar mehmonlarni bir payola choyga taklif qilishdi. Shundan so’ng Qozog’istondan kelgan faxriy futbolchilarga homiylarning sovg’alari topshirildi.” [86]

   O’zbekiston futbol terma jamoamiz xalqaro maydonda vatanimiz obro’yini himoya qilayotganligi uchun uni mablag’ bilan O’zbekiston hukumati ta’minlamog’i zarur! Axir boshqa ko’pgina sport turlarida ham shunday qilinadiku, masalan, Milliy Kurash federatsiyasiga mablag’ni hukumat beradi.

Xalqaro uchrashuvlar uchun mablag’ to’plashni futbol klublari zimmasiga yuklash – bu moddiy qiyinchilikda kun ko’rayotgan klublarni ochiqdan-ochiq bo’g’ish emasmi?

   Shu va shunga o’xshash usullar bilan futbol klublarini iqtisodiy bo’g’ish siyosati olib borilganligi sababli oliy liganing eng yaxshi jamoalaridan “Do’stlik” (Toshkent viloyati) va MHSK (Toshkent) (MHSK – Markaziy harbiy sport klubi) 2004 yilda o’z faoliyatini to’xtatdi va futbolchilar turli tomonga tarqalib ketdilar. Shu sababli 2004 va 2005 yillarda O’zbekiston oliy ligasida bor-yo’g’i 14 jamoa ishtirok etdi.  

   O’zbekiston tarixida futbol jamoasi dastlab tashkil etilgan shahar Qo’qondir. Lekin Qo’qonning “Qo’qon-1912” klubi ham 2004 yilda oliy ligadagi o’z faoliyatini to’xtatgan edi. Sungra ushbu jamoa yangi tarkibda qaytadan tuzildi va 2006 yilda 1-ligada o’ynadi. Uning hozirgi ahvoli haqida 13-bandda yozamiz.

   2006 yilda oliy liga jamoalar sonini yana 16 taga yetkazishdi. Lekin sun’iy ravishda qilingan ish tufayli oliy ligadagi jamoalarning o’yin saviyasi tushsa tushdiki, oshmadi. Shu bandda keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki,  “Paxtakor” 30 o’yinda 77 ochko, oxirgi 16-o’rindagi “Xorazm” jamoasi esa bor-yo’g’i  uch ochko oldi [81]. Futbol rivojlangan mamlakatlar chempionatlarida ikki jamoa to’plangan ochkolar bo’yicha bunday katta farqqa ega bo’lishi amri-maholdir. Mamlakat oliy ligasida  30 o’yinda 127 ta, ya’ni o’rtacha har o’yinda to’rttadan ortiq gol o’tkazib yuborgan futbol rivojlangan mamlakatlardan birortasida bormikan?!

   Shunday qilib, “Do’stlik”, “MHSK”, “Qo’qon-1912” kabi kuchli futbol jamoalarini saqlab qolish uchun O’FF rahbariyati birorta chora-tadbir ko’rmadi. Ular o’rniga oliy ligaga o’tkazilgan “Xorazm” kabi jamoalar oliy liga futbol saviyasining tushishiga xizmat qildi, xolos. Axir, o’zingiz o’ylab ko’ring: 30 ta o’yinda 127 (!) ta gol o’tkazib yuborgan jamoaning o’yinini qanday baholash mumkin?

   Albatta, agar “Xorazm” futbol klubiga xorijdan kuchli murabbiy taklif etilib, jamoa tarkibida Lotin Amerikasi va Afrikadan bir necha nafar legioner o’ynaganida Xorazm futboli ham keskin ko’tarilgan bo’lardi. Kuhna Xorazm to’prog’ida ulg’aygan va Xorazm sha’nini himoya qila oladigan mohir futbolchilar yetishib chiqar edi. Afsuski, O’zbekistondagi politsiyaviy siyosiy rejim bunga imkoniyat bermayotir, bermaydi ham …

   Shu yerda O’zbekiston oliy liga klublar futbolchilariga to’lanayotgan maoshlar haqida ham ozgina axborot berib o’tsak (bu haqda gazetalarda ma’lumot juda kam). Quyida Toshkent “Traktor” jamoasi darvozaboni Aziz Ashurovning javobidan iqtibos keltiramiz.

   “- Buni yashirishning umuman keragi yo’q, deb o’ylayman. Chunki ishqibozlar hamma vaqt jamoadagi ahvoldan xabardor bo’lishlari lozim. Masalan, bizning o’rtacha oylik ish haqimiz 100 ming so’mni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich qolgan jamoalarga nisbatan ancha past. Ayniqsa, siz jurnalistlar bundan xabardor bo’lasizlar, to’g’rimi? Yaxshiyamki, Vadim Abramovdek mehnatkash murabbiyimiz bor ekan, uning sa’yi-harakatlari bilan jamoa o’z mavqeini ushlab turibdi. Vadim Karlenovich futbolchilar maoshlarini o’z vaqtida olishlari uchun pul topish maqsadida qayerlargacha borib kelmaydi deysiz. Goh o’zi topib, goh do’stlaridan olib bo’lsa ham, bizga pulimizni berib turadi. Agar u bo’lmaganda, bilmadim, klub ne ahvolga tushib qolishi mumkin edi. Asosiy homiyimiz sanalgan Toshkent Traktor Zavodining mavsum mobaynida bizga deyarli foydasi tegmadi. Aks holda, yanada yuqoriroq o’rinlar uchun harakat qilgan bo’lardik va ehtimol, sovrinli o’rinlardan birini egallashimiz mumkin edi.” [87]

   Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston oliy liga futbol jamoalarining o’yin saviyasi jahondagi futbol rivojlangan mamlakatlar futbol jamoalari saviyasi bilan taqqoslaganda juda past ekanligini ko’ramiz. 2006 yilda O’zbekiston chempionatida 77 ochko to’plab peshqadamlik qilgan eng yaxshi futbol jamoamiz bo’lmish “Paxtakor” 2006 yil dekabr oyida jahon mamalakatlari futbol klublarining reytingida 122-o’rinni egalladi [88].

    “Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) klublarning dekabr oyi reytingini e’lon qildi. Ayni paytda ushbu ro’yxatni Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi va uchinchi o’rinlarni esa Italiyaning “Milan” va “Roma” jamoalari band etib turishibdi.

   Mamlakatimiz chempioni Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yangi reytingda 122-pog’onadan joy egalladi. Agar o’tgan oydagi reytingga solishtiradigan bo’lsak, toshkentliklar besh pog’ona pasayishgan. Shunday bo’lsada, “Paxtakor” Osiyo qit’asida hamon birinchi jamoa bo’lib turibdi. MDH mamlakatlari jamoalari orasida esa vakillarimiz SSKA (41-o’rin), “Dinamo” Kiyev (49), “Shaxtyor” (57) va “Spartak”(93) jamoalaridan so’ng beshinchi pog’onani band etib turishibdi. Kuchli 350 jamoa orasida mamlakatimizning yana bir vakili Muborakning “Mash’al” jamoasi ham bor. Ayni paytda muborakliklar 302-pog’onadan joy egallashgan. Farg’onaning “Neftchi” jamoasi esa bu oyda kuchli 350 talikni tark etdi.” [88]

   Mustaqilligimizning o’tgan 15 yili davomida “Paxtakor” na jahonda, na Osiyoda FIFA taqvimiga kiruvchi birorta musobaqada yaxshi o’rinlarni egallay olmadi. Agar O’zR prezidenti I.Karimov, O’FF rahbarlari professional futbolga o’zlarining hozirgi noto’g’ri munosabatlarini o’zgartirmasalar, aniqroq qilib aytganda O’zbekistonda demokratik siyosiy tizim o’rnatilmasa va professional futbolga demokratlarcha yondoshilmasa xalqaro musobaqalarda klublarimiz yuqori natijalarga erishishi amri maholdir.          

Ответить

Вы должны авторизоваться для отправки комментария.