MUNOSABAT
Муросанинг бошланиши
Ассалому-алайкум Жахонгир ака.
“Ёшлар бош кутарди” га жавоб берганингиз учун ташаккур. Менга у купрок уша айтишувларнинг давоми булиб куринган булса хам, менинг нийятим купрок уз фикримни билдириш ва бир гурух Тошкент Шаркшунослик Университети талабаларининг илтимосини етказиш эди.
Мен сайтингизда менинг маколамга икки юртдош фикр билдирганларига шохид булдим, хамда хар иккалаларига холис фикрлари учун уз миннатдорчилигимни билдираман. “Полвон” деб ёзаётган юртдошнинг танкидларини кабул килдим.
Чунки мен Узбекистон Миллий Хафсизлик Хизмати тугрисида яхши билмаслигим табиий. Уларнинг кирдикорлари тугрисида куп вокеаларни эшитган булсам хам жуда оптимист инсонлигим уларнинг хаммаси хам жаллод эмасдир деган фикрга етаклайверади. Халкнинг асл йигитлари деганда “Хозир хамма бир-бирини МХХ да ишлайдига чикараётган пайтда, демак шу атрофимиздаги журналистлар, ёзувчию - сиёсатчиларнинг хаммаси соткин эканда” деган фикрни назарда тутдим. Ахир улар шу халкнинг фарзандларику.
Мен улар тугрисида суз юритганимга сабаб, авлодида кимдир МХХда ишлагани учун аждодларига таъна килмокни хато деб биламан. Бир-биримизни тушунишга харакат килмогимиз муросанинг бошланишидир. Муроса бор жойда тинчлик, тинчлик бор жойда барокат, баракат бор жойда эса усиш булига шубха йук. Барчангизга хурмат билан Дилсора.
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 
Понедельник, Июнь 11, 2007 at 11:56 дп
Dilsora opaga!
1.Toshkent Shaqshunoslik talabalari mana shu narsani qayoqdan o’qiy olibdilar? Qaysi yurak bilan sizga xat yoziy oladilar? Sizga rostdan ham Toshkentdan talabalar xat yozgan deb o’ylaysizmi?!
2. Qilmanglar, yozmanglar. yomon gapirmanglar deb, O’zbekistonni mana shu holga kelishiga andisha deb haqiqatni yashirib kelayotganlar ham aybdor deb uylaymiz! Mana yaqinda AQShdari World Bankning boshlig’i o’z o’ynashiga juda katta oylik belgilab bergani o’rtaga chiqdi va u ishdan olib tashlandi. Chunki bu yerda hamma narsa ochiqcha aytiladi va yomonlik ildiz otmasdanoq ildizi qo’porilib tashlanadi. Bu ishni yuqoridagilar bilan bir qatorda oddiy fuqarolar nazorat qilishadi, chunki hukumat mana shu fuqarolarning to’lagan tax (soliq)iga yashaydi. Bizning mamalakatda esa bitta hokimning yoki direktorning nechta uynashi borligini bilishsa ham jim o’tirishadi. Ana oqibat nimalarga olib keldi. Siz aytgan murosa, tinchlik, barqarorlik qayerda? Nimaga chet elga qochib kelib qoldingiz? Nimaga muxolifat tashqariga chiqishga majbur bo’ldi? Bu “Kasalni yashirsang istimasi oshkor qiladi” deganing o’zi-ku! Muxolifat ichida ham shu taktikani tutsanglar ana shunday korruptsiyaga olib kelasizlar!
Demokratiyaning asosiy huqtasi OSHKORALIKdir. Buni tashqaridagilar tushinib yetmagan bo’lishsa, ichkaridagilar qayoqdan tushunishcin?!
Вторник, Июнь 12, 2007 at 4:55 дп
Umida singlim “Sizga xat yozganlar deb uylaysizmi” deganingizni kanday tushunmoq kerak. Siz meni yolg’on gapirayapti deb uylaysizmi? Emailingizni berib kuysangiz o’sha yigit kizlardan sizga ham maktub yo’llashlarini so’rashim mumkin. Bitta gumon bilan iymoningiz taxlika ostida kolmasdi. Sizni ranjitmok niyyatidan xolisman. Mabodo siz vokealarni taxlil kilish bilan g’iybgatning, insonlarni bir biriga dushman kiladigan fitnaning farkiga borsangiz, demokratiya bilan provokatsiyaning ham farkiga borasiz. Kasalni yashirsangiz isitmasi oshkor kilishiga shubxa yo’k ammo shifokorga uchramasdan folbinga borib og’zidan chikkan gapni hak ekan deb unga davo izlamay ox-vox kilish ham bema’no. Men insonlarning bir-biriga dushman bulib xakikiy dushman esdan chikishini xoxlamayman xolos. Yurtning ravnaki uchun xizmat kiladigan fikrlar bo’lishini xoxlayman. Meni bir oz tushunishingizga umid bilan Dilsora.