Arpa qayerda pishsa chumchuq o’sha yerda
Tohir Jo’shqin, “Turonzamin” uchun
Serquyosh o’lka yurtboshisi Karimovning so’ngi qarorlaridan biri chet ellardagi oz’bekistonliklarni qayd qilish haqida ekanligi ko‘pchilikka ma‘lum. Bu kabi qarorni marhum turkmanboshi so’ngi kunlaridan sal avvalroq chiqargandi va buning natijasini uning ko’ra olmagani balki unga armon bo’lib qolgandir.
Bu yangi qaror chiqib chiqmay O’zbekistondagi mirshablar o’z ishlarini boshlab yuborganliklari taajjublanarli hol emas. Mirshablar ham chet ellarda ishlab yurganlardan nima qilib bo’lsada bir narsa undirish ilinjida. Aeroportdagi bojxonachilarini gapirmasa ham bo’ladi.
Bir necha yillardan beri horijda ishlab yurgan va har yili uyiga kelib ketayotgan tanishim telefonda bir voqeani so’zlab berdi. Tanishimning ota onasi hozirda bir o’g’li ya’ni tanishiming ukasi bilan yashashadi.
Uyiga bir mirshab kelib “yana bitta o’g’lingiz bormish u qayerda?” qabilida savol bera boshlagan.
“Bizning mirshablar har qanday muammoni tashkillashtishga juda professional bo’lganlari uchun otam ularga qisqaroq qilib boshqa o’gli yo’qligini, faqat mana shu hozirda birga yashayotgan o’g’li borligini aytibdi.” deydi tanishim.
Mirshab har qancha surbetlik qilmasin, otaxon bitta javobda qat’iy turib, boshqa o’g’li yo’qligini aytgan.
Mirshab umidsizlik bilan ortga qaytishga majbur bo’lgan. Tanishimning aytishicha yaxshiyamki uning “propiskasi” boshqa viloyatda, ota onasi yashayotgan uyda emas. Har yili uyiga borib kelib yurgan tanishim shu qaror chiqqanidan so’ng bu yilgi ta’tilda O’zbekistonga borsammi yo bormasammi deya o’ylanib yuribdi.
Meni o’ylantirgan narsa yurtboshining bir otaning o’z farzandidan “kechishga” majbur qilgani bo’ldi. 1999 yilgi fevral portlashlari kuni minbardan turib “Kerak bo‘lsa O‘zbekistondagi hamma yoshlar o‘zimmi bolalarim”degandi. Bugun bu yoshlar prezident Karimovga kerak bo’lib qoldi chamasi bir otani farzandidan “voz kechishga” majbur qildi. Karimov janoblari “Farzandlarim soni yana bittaga ko’paydi” deb hisoblashi mumkin. Masalaning qiziq tomoni, bu yigit Karimov “ota”sidan qo’rqqanidan u tomonga bormoqchi emas.
Qaror baroridan kelmas ekan, undan ne naf. Ishni ko’rib, ustasiga baho beraver…
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 