Bir taklifim bor edi…

Насрулло Саййиднинг Нафрат, Манфаат ва Миллат деган мақоласини ўқиб

Men ham bunga 100% qoshilaman.

Avvalom bor boy va puldorlarning o’rtasidagi KATTA FAQRni Nasrullo aka juda to’g'ri va aniq qilib korsatibdi.

Lekin kopchilik uzbekistonliklar bu farqni hayollariga ham keltira olmaydilar. Hattoki yangi puldorlar o’zlarining harakterlarini atrofidagi boshqa puldorlarga qarab shularga o’hshab o’zgartira boshlaydilar.

Mening o’zim anchagina yangi puldorlarni taniyman. Ko’pchiligi juda samimiy insonlar edi. Lekin yarim yil - bir yil ichida tanib bolmas darajada o’zgara boshlashdi.

Uzbeklarni hali endigina duyo taniy boshlayotgani haqidagi gapga ham qo’shilaman.Kopchilik hozirgacha Uzbekistoning qaerda joylashganini, qaysi davlat ekanini bilmaydi. Afgonistonni biladi, lekin UZ ni yo’q. Shuning uchun hozirgi chetda yurgan uzbeklarda kattagina mas’uliyat turibdi, o’z halqini yomon yoki yahshi tomondan dunyoga tanitish.

Balki DOK bu chetda yurgan vatandoshlarga chet davlatlarida o’zini turish va yashash kodeksini (majburiy bolmagan albatta) ishlab chiqar? Chunki ko’pchilik uzbekistonliklar Evropa va USA hayotini faqat kinofilmlar, oldi qochdi gaplardan biladi holos. Shuning uchun ham bu yerlarga kelib ko’p narsani tushuna , bila olmagach ayrim “uddaburon uzbeklar” ga maslahat so’rab borishadi. Bu “uddaburonlar” esa yahshi maslahat bermaydi. Ular qanday qilib davlatni aldab biron bir pul undirish , elgon gapirish yolarini korsatishadi. Qanaqa qilib ish topish , oz kasb va hunarini qollash , qanaqa qilib yangi kasbga- tilga organish yollarini bilmagan vatandoshlar ana shunaqa odamlar qo’liga tushmoqda.

Bu “uddaburon” lar vatandoshlarni ishga joylab qo’yib, yarim oyligigacha o’z cho’ntagiga olayotganlari haqidagi habarlar ham anchagina. UZ ning konsullik va elchihonalarida kimlar ishlayotgani esa hammaga ma’lum. Bular vatandoshlarga yordam berish o’rniga ularning pulini olib, huddi militsiya tergovchisi kabi ularni so’roqqa tutishga harakat qilishadi holos.

Shuning uchun agar moddiy tomondan qo’limizdan kelsa DOK chet elga kelganlar ucun bir informatsion , manaviy, maslahat berish markazini ocha olarmidi ? DOKning a’zolari hozirda har hil qit’a va davlatrda .Ular o’zlaridagi ahvolni bilishadi. DO’K ka murojaat qilgan odam qaysi davlat yoki qit’ada bo’lsa ana shu yeerlik DOK a’zosi bu odamga BEPUL va qo’lidan kelganicha informatsiya bera olardi.

O’zingizga ma’lum, har bir chet davlatga kelayotgan vatandosh ham samimiy odam deya olmaymiz. Shuning uchun bu odam agar DO’K orqalik, Turonzamin orqalik murojaat qilsa, unga konsul’tatsiya bergan odam ham Turonzamin orqalik maslahatini bersa, bu ikki taraf uchun ham ancha hafvsiz bo’lar edi, deb oylayman.

Bu mening shahsiy fikrim. Nima deb oylaysiz?

Hurmat bilan O’ktam.

Ответить

Вы должны авторизоваться для отправки комментария.