Bizga yozadilar

adabiyot.jpgAgar u demokrat bo’lganda…
Qimmatli vaqtlaringizdan yana bir necha daqiqasini o’g'irlashga jazm etdim. O’zgalarning vaqtini behuda sarflash gunohligini bilaman va meni kechirarsiz deb umid qilaman.

Esimni taniganimdan beri adabiyotga qiziqishim baland. Badiiy kitoblarni o’qib ulg’ayganman. Ulardan tarbiyalanganman.

Niyatim faqat asl inson bo’lish. Odamlarga chinakam nafi tegadigan ulkan ishlar qilish.

Ehtimol hozirgi zamonda bu gaplardan dil ham, quloq ham bezib qolgandir, qadri ham qolmagandir. Lekin ta`kidlaganimday men ijobiy qahramonlargan o’rnak olib o’sganman. Maktab yoshida LITSEYda o’qidim. Bizning letseyimiz tumanda yagona edi va o’qituvchilari ham o’qivchilari ham imtihon asosida saralab olingandi.

Mustaqillikning ilk yillarida hali o’qituvchilar poraxo’rlikka o’rganmasdan bizga yaxshi ta`lim berishdi. Shuncha yillik berilgan boshpanani, tuzni, bilimni xalqqa xizmat qilib qaytaraman degan g’oyada o’sdim.

Toshkentga kelib o’zim o’qib pul topib, hayotni o’rganib bildimki, Bizni haqiqiy hayotdan izolyatsiyada saqlashgan ekan. Ammo meni o’z dunyo qarashim bor. Oq-qorani yaxshi ajrata olaman.

Bizni “Hamma ro`shnoliklarga Karimov rahnamo”, deb o’qitishgan, ammo Hozir O’zbekistonda ro’shnolikning o’zi qoldimi?! Endi bildimki yuz foiz aksi ekan.

Bir kuni «televiso’zda» tasodifan bir lavhaga ko’zim tushib qodi. Unda bir guruh odamlar bilan rasmga tushayotgan Karimov suratkashga qaratib “Olishdan avval hammani bir kuldirib olmaysizmi!?” - dedi.

Shunda litseyda o’qib yurgan paytlarim o’sha vaqtda bir qo’chqorning puliga teng turadigan Karimov haqidagi katta kitobda yoniga g’azab bilan boqib o’turgan Karimov chehrasini ko’rganimni esladim. O’sha paytda hayron bo’lgandim. Aslida haiqiy basharani ko’rgan ekanman.

Agar men yuz yildan keyin tug`ilgamda, aytishsaki: “Karimov - bizning hozirgi farovon hayotimiz asoschisi. U birinchi va eng ko’p prezidentlik qilgan dohiy”; javob qaytarardim: “Agar u demokrat bo’lganda 8-10 yildan ko’p prezident bo’lmas edi. Demak diktator bo’lgan”.

Shohi Jahon.

Ответить

Вы должны авторизоваться для отправки комментария.