Yusuf Juma himoyasiga…
Albatta men ham Turonzamindagi kopchilik kabi Yusuf Juma himoyasiga va rejimga qarshi protestga qo’shilaman.
Menimcha har bir insoflik uzbek eki Uz-tonlik , har bir ozining Vatanini ozod va bahtlik bolishini kozlagan inson Karimovning bu qora ishiga qarshi chiqishi shart.
Lekin men juda ham qoyil qolmadim bu EU va USA ning tashqi siesatiga, SNG davlatlariga nisbatan.
Ular ikkalasi hamma frontlar boyicha Rusiyaga ytqazishdi.
Bunaqa kalta va befahm siesat olib borib bular yaqinda katta bir boshi berk kochaga kirib qolishsa kerak.
1-2 ta tanishlarimning aytishicha Toshkentdan EU ning pochti hamma elchilari yana IAK ning tovonini yalashga otishgan emish. Bunaqa surbet siesat hech qachon yahshilikka olib kelmagan insoniyat tarihida.
Hurmat b-n Umid,Dublin.
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 