Bir muhojirning hasrati

qalamim.jpg3.Taslim bo’lish yo’q

Men hech qachon taslim bolmaydiganlardanman. Armiyada ham hech qachon orqaga chekinmagan mening bo’linmam. (serjant bolganman.) Hozir ham qo’lni pastga tushirmadim hali. Endi Irland dan tashqaridan ish qidira boshladim . Hudoga shukur Englishni suvdek bilaman. Ishonsangiz maktabda va institutda Francuz tili o’qiganman, shu yerga kelib organdim 1,5 yilda !

Hatto irish, scottish, briton, american, indian,f rancuz shevalarida gaplasha olaman inglizchalab dostlarimni kuldirish uchun.

Hayotimda 2-3 marta hech narsam qolmagan, qup quruq bolib qolgan paytimdan boshqattalab ish boshlaganman. Bu ham balkim bizning milliy haet uchun kurash uslubimiz belsa kerak.

Mening onamni onasini otasi, mening buvam Janubiy Qozogistonda dovrug’i chiqqan boy odam bo’lgan. Ismi Azimboy. Uni kommunistlar Sibirga jonatishgan, uyini esa selsovet qilishgan ekan. O’sha davrlarda Sibirga surgun qilinganlarni yarmi yolda , qolgan choragi esa osha erda koz umganligini hammamiz oqiganmiz, bilamiz.

Mening buvam Sibir surgunida 8 yil bolib qaytib kelgan ekan.Kelgach esa mahalliy kommunistlardan o’zining eski bog’ining bir qismini ijaraga oladi.Darahtlarni yarmidan kopini o’tinga qirqib tashlashgan boladi Qizil askarlar.

Shu olgan bog’ini parvarish qilib, daromad olib , ham Sovetlar davlatiga katta foyda keltiradi.Unga rahmat deyish orniga uni Quloq qilib yana Sibirga surgun qilishadi. U erda yana 8 yilcha daraht kesib, temir yol qurib ishlab qaytib keladi Vatanga! Qarasaki hamma och-yalangoch. Ochlik. Yer oladi, bug’doy ekadi, mol boqadi…

Hullas yana yahshi yashay boshlaganida kommunistlar kelib butun uyni titib, KO’MIB QO’YGAN TILLARINGNI CHIQAR! deyishadi. Uyni , devorlari pahsadan eski uy, miltiqni shtiklarini tiqib ilma-teshik qilib tintishadi.Oshirida tomni buzib uysiz qoldirishadi. Lekin shunda ham buvim bolalarini hammasini oqitib, katta qilib mening eshim 7 da bolganida koz yumdilar tahminan 90 da !

Hali hali esimda bor yoshim 6 da edi. Buvamnikida mehmonga borgan edik. Manti taom pishirishgandi.Katta buvim kelib qoldilar.Qari , quruq et chol, lekin kozi otkir,kozaynik taqmasdilar.Men eshlik qilib , injiqlanib

-OVQAT YEMAYMAN,- deb turgan edim.

Menga qo’l uzatdilar.Men ham qo’l berib salom aytdim.Shunda qo’limni qattiqroq siqib,

-QANI MENI QO’LIMNI HAM SIQIB KORCHI,-dedilar.Men harakat qilsam ham siqa olmadim.

Shunda ular mendan YOSHING NECHADA? deb soradilar.Men 6 da , deb javob bersam, UNDA SEN OLTITA MANTI YEYISHING KERAK.BO’LMASA KUCHLIK BO’LA OLMAYSAN,dedilar.

Men 6 mantini yeb qoydim.Shunda buvam meni onamga, nevarasiga qarab, BUNING KATTA BO’LSA “MUJIK ” BOLADI!degandilar.

Hozir ham har qanday qiyinchilik bolganda ham shu buvamni eslayman. Shu buvam shunchalik og’ir hayotni yutib chiqqanlar. Ikki marta Sibirni ko’rganlar. Shularni qoni menda bormi, geni menda bormi, demak men ham bu qiyinchiliklardan bemalol o’taman , deb yashab kelaman.Hozirgacha yordam berib keladi shu…

Rahimjon Azimov, Irlandiya.

Ответить

Вы должны авторизоваться для отправки комментария.