АҚШ президентлигига номзоднинг Ўзбекистон борасидаги Баёнотлари

АҚШ президентлига Республикачилар партиясидан номзоди аниқлашган сенатор Жон Маккейн агар президент бўлиб қолса, Америка тарихида Ўзбекистоннинг ички вазиятини бевосита биладиган ва Каримов ҳукумати томонидан қабул қилинмасдан таҳқирланган ва бу режимнинг кетишини бевосита истаб келган илк президент бўлади. Қуйида унинг Ўзбекистон ҳақида матбуотда эълон қилинган баёнотларидан айримларини ўқишингиз мумкин.

“Бир йил олдин (биз Ўзбекистонга борганимизда) Ўзбекистонда мустақил ахборот воситалари ёки мухолиф партиялар йўқ эди. Инсон ҳуқуқлари билан боғлиқ вазият аянчли ва сиёсий ҳуқуқлар қандайлиги деярли номаълум эди. Ҳукумат исломий терроризмга қарши кураш баҳонасида кўпинча ўзига қарши бўлганларни таъқиб қилар эди. Баъзан улар қўлга олиниб қийноққа солинар эди. Орадан бир йил вақт ўтди. Вазият янада ёмонлашди…

Тошкент расмийларининг хатти-ҳаракати бизнинг хавфсизлик манфаатларимизга зиддир. Улар хорижда эркинлик ва демократияни рағбатлантириш йўлидаги уринишимизни синовга тутмоқда. Биз америкаликлар сифатида Ўзбекистонда содир этилган ҳуқуқ бузилишларини кўра-била туриб, сукут сақлаб тура олмаймиз. (Uzbekcongress.com, 2006, May).

ХХХ

“Tarixdan shu narsa ma’lumki, inson huquqlarini poy-mol qilinishining davom ettirilishi yaqinda sodir etilgan (Andijon voqeasi-tah.) ana shunday fojeaga sabab bo’laveradi,” -”New York Times”, 31/05/2005 .

ХХХ

Biz o’sha safarimiz davomida hukumat vakillari bilan uchrashmoqchi bo’ldik, biroq hech biri uchrashuvga imkoniyat topa olmadi. Buni afsuslar bilan ta’kidlayapman, chunki men bo’lib o’tgan voqealar xususida aynan ularning o’zidan eshitmoqchi edim.

Biz besh senator imzosi ostida AQSh Davlat departamenti hamda Mudofaa vazirligiga yo’llagan xatimizda AQSh O’zbekiston bilan aloqalarni qayta ko’rib chiqishi kerak, degandik. Davlat departamentidan kelgan javob ijobiy bo’ldi. Yuzlab o’zbekistonliklar qir’gin bo’lgan hodisalar bo’yicha xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Mudofaa vazirligi esa xatga bu darajada ahamiyat bermadi. Shuning uchun biz hali Pentagonni prezident Karimov kabi o’z xalqini tahqirlagan mamlakat bilan uzoq-muddatli shartnoma tuzmaslikka ishontirishdan umidvormiz.

Olti senator tomonidan yozilgan xatda, Andijondagi qirg’inda AQSh qurolli kuchlari tomonidan yoki AQShning maxsus yordam dasturlari orqali tayyorgarlikdan o’tgan o’zbek harbiylarining ishtirok etgan-etmaganligini tekshirish kerak, deyilgan edi.

Aminmanki, amerikalik soliq to’lovchilar soliqlarining mamlakatlarida o’z fuqarolarini o’ldirishga qodir odamlarni tayyorgarligi uchun ishlatilishiga rozi bo’lmaslar. Tez kunlarda bu masala bo’yicha maxsus tinglovlar, munozalar bo’lib o’tadi. Munozaralar Oq uy ma’muriyati darajasiga ham borib yetadi, deb o’ylayman. Kongress a’zolarining aksariyati Andijonda sodir etilgan voqealar bo’yicha Yevropada Hamkorlik va Xavfsizlik Tashkiloti nazorati ostidagi to’liq va batafsil tergov o’tkazilishining tarafdorlari.

Andijondagi voqealarga nisbatan Kongressdagi kayfiyat salbiy. Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti o’rtasidagi tushunmovchilik tez orada hal bo’ladi, chunki AQSh prezidenti va uning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi janob Xedli bu masala bilan o’zlari shug’ullanishadi. Men buni aniq bilaman. Va tez orada bu voqealarga nisbatan AQSh hukumatining fikri yakdillashadi.

Men Rossiya hukumatining repressiv siyosati tufayli uni Katta Sakkizlikdan chiqarishga chaqirganman. Biz Rossiyada prezident Putin tomonidan demokratiya ag’darilishining guvohi bo’layapmiz. Biroq bundan boshqa ko’plab choralarni bor, ularni ham ko’zdan kechirish kerak. Agar shundan keyin ham janob Karimov bo’ysunmasa, u holda men uni demokratiya va erkinlik to’lqiniga qarshi suzyapti, degan bo’lardim. Biz Qirg’izistonda nima bo’lganini ko’rdik. Gruziya, Ukraina va Livan misollarini ham yaxshi bilamiz. Men aminmanki, uzoq muddatda albatta ijobiy natijani ko’ramiz. Qisqa muddatda esa, men O’zbekistonning yana ko’plab gunohsiz odamlarining qirg’inga uchrash ehtimolidan xavotirdaman.

Andijonda sud qilingan 23 kishining, Islom Karimov aytganday, islom ekstremistlari bo’lganliklari noto’g'ri. Ular Karimov va uning yaqinidagi odamlarning yo’lidan o’tganlar. Islomiy esktremistlarning omma ichida nufuzini oshirishning eng yaxshi yo’li Karimov hukumatida odatiy holga aylangan repressiv va aksil-demokratik harakatlarni olib borishdir. (“Amerika ovozi”, 2005)

XXXX

“Платить по счетам важно, но более важно, чтобы Америка оставалась Америкой и не создавала ложного впечатления того, что мы закрываем глаза на резню, а также не пополняла наличными казну диктатора всего за несколько месяцев до того, как он изгоняет американских солдат из своей страны. Ислам Каримов разрушил антитеррористическое партнерство с Соединенными Штатами, отверг все призывы к независимому расследованию андижанской трагедии и развернул кампанию антиамериканской пропаганды”. (Рейтер- 2005)

Ответить

Вы должны авторизоваться для отправки комментария.