Manzil uzoq, yo’l bitmas
Shu kunlarda viloyatlar va poytaxt orasida kirakashlik qilib kun kechirayotgan haydovchilarning yo’qolib qolmpqda. Bunday shum xabar juda xavotirlidir.
Viloyatlar va poytaxt orasida kirakashlik qilayotgan taksistlar manzilga yetmay go’yib bo’layotgani inkor qilinmas faktdir.
Viloyatlardan poytaxtga yoki poytaxtdan viloyatlarga yo’l olgan kirakashlar yo’lovchilar ko’rinishidagi jinoyatchilar to’dasining qurboniga aylanishayapti.
Mashina manzilga yetmasdan jinoyatchilar uning puli uchun haydovchini so’ngi manzilga yuborayotganligi qashshoq yurtdagi dahshatli jinoyatning bir ko’rinishidir.
Son’gi marta shunday kirakashlar xizmatidan foydalanganimda avtomashinani pullik saqlash joyidan yo’lga otlanishdan avval nazoratchi har bir yo’lovchining pasport ma’lumotlarini yozib olayotgani va bu haydovchining xavfsizligi uchun qilinayotganligi aytilgandi.
Bu og’ir sharoitda kimdir yangi avtomashinasini ko’z-ko’z qilib minsa, kimdir ijaraga olib yurgan mashinasini tirikchilik tashvishida minsa ba’zan o’sha ham ko’p ko’rinadi.
Aytganlaridek, boyning moli ardoqli, yo’qning joni.
Tohir Jo’shqin.
Нобел мукофоти номзоди - миллий ғуруримиз, шоири замон ЮСУФ ЖУМАни озод этиш учун овозингизни ютманг! 